TIQXMMI’ Milliy tadqiqot universiteti professorlari Mehnat faxriysi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
06.09.2025
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan ’’TIQXMMI’’ Milliy tadqiqot universitetining tavsiyasiga ko‘ra bir guruh professor-o‘qituvchilar I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:
- 🟢Avezbayev Sadulla – 1949-yil, iqtisod fanlari doktori, professor. Toshkent shahri. Alikulov Saydilla – 1951-yil, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
- 🟢Vaxobov Valijon – 1945-yil, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
- 🟢Duskulov Abdusattar Axadovich – 1946-yil, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
- 🟢 Ilesbayev Baxtiyar Yegembayevich – 1952-yil, oliy ta’lim faoli.
- 🟢Kuchkarova Dilarom Fayzullayevna – 1953-yil, texnika fanlari doktori, professor.
- 🟢Mavlanov Tulkin – 1947-yil, texnika fanlari doktori, professor.
- 🟢Muslimov Turavoy Djurayevich – 1954-yil, oliy ta’lim faoli.
- 🟢Ramazanov Abit – 1937-yil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
- 🟢Turkmenov Xasan Ishimovich – 1953-yil, texnika fanlari nomzodi, oliy ta’lim faoli.
- 🟢Umirov Nashir Tuxtabayevich – 1955-yil, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Pedagogika va ilm-fan sohasi faxriylarini universitet ma’muriyati va ko‘p ming sonli talabalari nomidan uzoq yillik mehnatlarining e’tirofi bilan samimiy tabriklaymiz!