11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
11.08.2025
✅2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
🟥Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqa hujjat yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga ko‘ra rad etilgan.
⭐️Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga o‘qishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud bo‘lganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
❌Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa ko‘rib chiqilmaydi.