Ehtiyot bo‘ling – hayotingiz xavf ostida

11.07.2025

  Yoz mavsumida daryo, soy, kanal, ariq, ko‘l, suv omborlari va fermer xo‘jaliklarining sun’iy suv havzalarida (membranalar) ruxsatsiz cho‘milish O‘TA XAVFLI hisoblanadi!

⚠️ Har yili ko‘plab fuqarolar ruxsat etilmagan joylarda cho‘milgani sababli afsuski, baxtsiz hodisalarga uchramoqda.

🏊‍♂️ Faqatgina ruxsat berilgan va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinadigan joylardagina cho‘miling!

❌ Ruxsat etilmagan joylarda cho‘milish hayotingizga zomin bo‘lishi mumkin!

📣 Hurmatli fuqarolar!

Farzandlaringizni nazoratsiz holda suv havzalariga yubormang. Ularga xavfsizlik qoidalarini tushuntiring va doimiy nazorat qiling.

➡️Hayotingiz — eng qimmat boyligingiz. Uni asrang!