Kirish imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun sinov (diagnostik) testlari ishga tushirildi

11.07.2025

  2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar diqqatiga!

Endilikda kirish imtihonlarida qo‘llanilishi rejalashtirilgan test savollari asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi.

📚 Sinov testlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • – Tarix
  • – Matematika
  • – Fizika
  • – Biologiya
  • – Kimyo
  • – Geografiya
  • – Ona tili va adabiyot
  • – Chet tili
  • – Davlat va huquq asoslari
  • – Majburiy fanlar

Testlarni yechish orqali o‘z bilim darajangizni baholab borishingiz, qaysi fanlarda kuchli yoki zaif ekanligingizni aniqlashingiz mumkin.

🔗 Ishtirok etish uchun havola:

https://my.uzbmb.uz/service/43

📊 Test natijalari yechilgan zahoti onlayn ko‘rinishda chiqadi.