Test sinovlari uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi

07.07.2025

✅ Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yoki my.uzbmb.uz ssaytidagi “Abituriyent ruxsatnomasi” bo‘limidan (JShShIR, pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda) olish mumkin.

📝 Ruxsatnomani yuklab olgandan so‘ng undagi ma’lumotlar bilan sinchiklab tanishib chiqing. Test kuni, vaqti va joyiga alohida e’tibor qarating.

❕ Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan keling.

PS. Pasport yoki ID-kartaning asli bilan kelmagan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!