O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim grantlarini ajratish va qayta taqsimlash tartibi belgilandi.
20.06.2025
🔘2025/2026 o‘quv yili uchun ta’lim grantiga nomzod bo‘lgan talabalar joriy yilning 20-iyulgacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
➡️grand.tiiame.uz
❕MUHIM MA’LUMOTLAR:
✅Grantga nomzod talabalar quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
Akademik o'zlashtirish ko‘rsatkichi: joriy o‘quv yili uchun GPA 3.5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. GPA 3.5 dan past bo‘lgan talabalar grant tanlovida ishtirok eta olmaydi.
GPA ko‘rsatkichlari HEMIS axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
Akademik o'zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimal ball — 80 ball.
✅Shuningdek, ijtimoiy faollik ham alohida komissiya tomonidan baholanadi. Quyidagilar e’tiborga olinadi:
🔺Kitobxonlik madaniyati,
🔺Universitetning ichki tartib-qoidalari va Odob-axloq kodeksiga rioya etish,
🔺Volontyorlik va jamoat ishlarida ishtirok.
🔺Ijtimoiy faollik bo‘yicha maksimal ball — 20 ball.
✅Umumiy maksimal ball — 100 ball.
📌Ushbu davlat granti faqat 2024–2025 o‘quv yili uchun qabul qilingan talabalarga tatbiq etiladi.
2025/2026 oʻquv yilida ikkinchi kurslar uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishi, ta’lim tili kesimida toʻliq ta’lim granti va toʻliq boʻlmagan taʼlim granti taqsimoti
Ushbu grand o'rinlarida xorijiy fuqaro va ijtimoiy toifa talabalari qatnasha olmaydi.
batafsil ma’lumot: https://lex.uz/docs/7429154