"WCRP-CORDEX CASCADE" Markaziy Osiyo bo‘yicha mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.

12.06.2025

DIQQT E'LON

Hurmatli talabalar, magistrantlar va yosh olimlar.

"WCRP-CORDEX CASCADE" Markaziy Osiyo bo‘yicha mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda. 

Seminar-treningda, Markaziy Osiyoda iqlimni kichik masshtabda modellashtirish va uning qo‘llanilishi, iqlim tizimining asosiy tushunchalari, mussonlar va ekstremal iqlim hodisalari bo‘yicha so‘nggi ilmiy yutuqlar, iqlim modeli ma’lumotlarini yuklab olish va Python dasturi yordamida ularni qayta ishlash ko‘nikmalari hamda Markaziy Osiyo hududida dinamik kichik masshtabda modellashtirish tajribasi kabi muhim bilim va amaliy tajribalarga ega bo‘lasiz.

Seminar-trening Federal Itajuba Universiteti (Braziliya) professori, Michelle Reboita va  Kanadaning Toronto shahridagi SickKids kasalxonasining Global Bolalar Salomatligi Markazida iqlim o'zgarishining bolalar salomatligiga ta'sirini o'rganuvchi ilmiy tadqiqotchisi, Shaukat Ali olib boradi.

Seminar-trening joriy yil 22,23-iyun kunlari soat 09:00da "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o'tadi.

Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yil 21-iyun sanasiga qadar +998 99 796 82 33 (Sarvar) raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki telegram ilovasidan F.I.Sh., ish/o'qish joyi (kafedra, yo'nalish) va telefon raqamingizni jo'natish orqali ro'yhatdan o'tishlari talab etiladi.

Joylar soni cheklangan shoshiling!