“Karyera kuni” tadbiriga taklif etamiz!
15.05.2025
TASHKILOTLAR, KORXONALAR RAHBARLARI HAMDA TALABALAR DIQQATIGA!
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2025 yil 15 may kuni 9.30 da bo‘lib o‘tadigan “Karyera kuni” tadbiriga taklif etamiz.
Bitiruvchilarimiz tadbirda Respublikamizdagi yirik ish beruvchi korxonalardagi vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ishga joylashishlari mumkin.
Hurmatli tashkilot
va korxona rahbarlari! Sizlarni mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti yo‘lida yer-suv
resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish,
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirishda amaliy ko‘nikmalarga
ega bo‘lgan va innovatsion ilmiy izlanishlarni olib boradigan bitiruvchilarni ishga
olishingiz mumkin.