British Council – Ayollar uchun STEM stipendiya dasturi (2025/2026)
16.04.2025
British Council tomonidan e’lon qilingan “British Council Scholarship for Women in STEM” dasturi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida tahsil olish istagidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Mazkur global stipendiya dasturi doirasida O‘zbekistonlik nomzodlar quyidagi Buyuk Britaniya universitetlarida 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega:
Dasturga qamrab olingan universitetlar:
- Cardiff University
- University of Westminster
- Cranfield University
- City St George’s, University of London
- Glasgow University
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 30-aprel.
Nomzodlar dasturga ariza topshirishdan avval har bir universitetning talab va yo‘nalishlarini alohida ko‘rib chiqishlari tavsiya etiladi.