Talaba yugur musobaqasi!
10.04.2025
Hurmatli talabalar!
“Talaba-yoshlarning sog‘lom hayotda targ‘ib qilish, ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasini o‘tkazish belgilandi.
Sizlarni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilayotgan Talaba-yugur musobaqasiga taklif etamiz!
Musobaqa joyi: Yangi O‘zbekiston bog‘i (Humo qushi monumenti oldida)
Musobaqa vaqti: 2025-yil 12-aprel kuni, soat 15:00 da
Musobaqada barcha xohlovchi talabalar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga imtiyoz va rag‘batlantirishlar nazarga tutilgan!
Ushbu musoboqada ishtirok etish istagi bor talabalar 94-078-56-00 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.