YUNESKO/Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofoti – 2025-yil tanlovi!
03.03.2025
YUNESKO tomonidan “Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish” nomli nufuzli YUNESKO/Hamad bin Isa Al-Xalifa mukofoti tanlovi e’lon qilindi!
2025-yil mavzusi: “O‘quvchilar va o‘qituvchilarni sun’iy intellektdan axloqiy va mas’uliyatli foydalanishga tayyorlash”
Tanlovda 2 ta innovatsion loyiha g‘olib deb topiladi va har biri 25,000 AQSH dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi!
Ishtirok etish tartibi:
Nomzodlar https://www.unesco.org/en/prizes/icteducation veb-sahifasida shaxsiy kabinet ochib, ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Nomzodnoma ingliz yoki fransuz tillarida taqdim etilishi kerak.
Hujjatlar 2025-yil 24-martgacha qabul qilinadi.
Qo‘llanma-2025
Fursatdan foydalaning va innovatsion loyihangizni dunyoga taniting!