Maxsus kurs: Erasmus+ dasturining oliy ta’limda salohiyatni oshirish yoʻnalishiga xalqaro loyihalar yozish va topshirish

27.02.2025

Maxsus kurs: Erasmus+ dasturining oliy ta’limda salohiyatni oshirish yoʻnalishiga xalqaro loyihalar yozish va topshirish

Kurs kimlar uchun: professor-o’qituvchi va tadqiqotchilar


Kursning maqsad va vazifalari: 

Ishtirokchilarga Erasmus+ CBHE (Oliy ta’limda salohiyatni oshirish) loyihalarini ishlab chiqish, yozish va muvaffaqiyatli topshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va amaliy ko‘rsatmalarni taqdim etishga qaratilgan.


Haftaning har juma kunlari soat 15:00 da jami 12 dars tashkil etiladi. 1-dars: 28-fevral soat 15:00 da boshlanadi.


Manzil: "TIQXMMI" MTU, "B" bino, 108-xona


Darslarni Erasmus+ dasturining Oliy ta’limni isloh qilish boʻyicha eksperti, PhD Ilxom Abduraxmanov olib boradi.


➡️Ro'yhatdan o'tish uchun havola: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1JczzS7Hp7dnfPr4CTVfgZ4pxn3mFW81V/edit?gid=1710873086#gid=1710873086