Musiqa va san’at yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarning “EUROPIAN STARS” nomli I Xalqaro onlayn tanlovi o‘tkaziladi
07.02.2025
Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- o‘quvchi yoshlar va iqtidorlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish;
- har bir mamlakatning o‘z musiqa san’atini jahon sahnalarida keng targ‘ib etish;
- yoshlarda o‘zlari tanlagan ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishni oshirish;
- yosh ijrochilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyati bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish hamda uni Yevropa mamlakatlarida targ‘ib etish;
- jahon mumtoz kompozitorlarining asarlari, o‘zbek va boshqa xalqlar bastakorlari kuylaridan bahramand bo‘lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi Elchixonasi hamda “Mening yurtim” telekanali, “Renessans” telekanali va boshqa hamkor tashkilotlar bilan 2025-yilning 22-23-fevral kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi.
batafsil: https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/07f06b9783de4949b67a7c6fb809b84c.pdf