TIQXMMI yangiliklari

img
24.09.2022

Liderlik mavzusidagi trening

    Joriy yilning 23- sentabr kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti  dotsenti Nilufar Yuldasheva 3- talabalar turar joyida universitet  talaba qizlari bilan "Talaba qizlar kamolotida  liderlik" mavzusida seminar- trening o'tkazdi. Mazkur trening har bir yosh qizlar uchun juda foydali bo'lib, ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topishida hayotiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

    Bunda  talaba qizlar yangi jamoada faoliyat olib borish, nazariy bilimlarni amalda qo'llay olish, mustaqil fikr bildirish, tanqidiy tafakkurni shakllantirish, tez va to'g'ri qaror qabul qilish hamda oqilona maqsad sari dadil qadam tashlash kabi xususiyatlarini rivoshlantirishga doir ta'limiy mashqlarni o'rgandilar. Mavzu doirasida qizlar do'stona muhit orqali ta'lim-tarbiya olish, bir-birlariga ko'maklashish qadriyatlari bilan tanishdilar.

    

                 Universitet matbuot xizmati