TIQXMMI yangiliklari

img
24.09.2022

Fikrlashni rivojlantirish san'ati

Joriy yilning 22 - sentabr kuni "D" korpus 101 - xonada, SXTEB fakulteti 1-kurs 108-guruh  talaba yoshlari bilan universitet psixologi  M.K.Muxamedova  «Fikr kuschi» mavzusida tadbir tashkil etdi. Yig‘ilish ishtirokchilariga M. K. Muhammedova: Har qanday kishining hayotida tushkunlikka tushgan, hafsalasi pir boʻlgan damlari boʻlib turadi. Shunday kezlarda hayot goʻzalligidan bahra olish, voqeliklardan zavqlanish, quvonch hissini tuyish uchun inson oʻzini oʻzi anglashi, fikrlash mashqlari ustida ishlashi lozimligi haqida so‘zladi va quyidagi fikrlar bilan o‘z nutqini davom etdi: Hayotingizda roʻy bergan, oʻzingiz salbiy deb bilgan biror voqeani eslang. Soʻng qogʻoz va ruchka oling-da, oʻsha “yomon” voqeaning sizga keltirgan uchta ijobiy tomonlarini yozing. Odatda, uchta natijada inson toʻxtab qolmaydi. Shu bois sabab va oqibat zanjirini tahlil qilishni boshlasangiz, agar oʻsha “yomon” hodisa boʻlmaganida bugun erishgan gʻalabangiz ham boʻlmasligini ich-ichingizdan his qilasiz.

Hayotingizdan mamnunlik hissini tuyganingizdan soʻng, boshqa kishilarning hayotidagi ijobiy imkoniyat va moʻjizalarni ham koʻra olasiz. Shuning uchun tabiat yuborayotgan ogohlantirish va belgilarni oʻqishni oʻrganing. Atrofingizdagilar voqelikni yomonlab, salbiy muhokama qilganida, ularga ana shu voqeliklardan oʻzlari uchun ijobiy natijalar bergan tomonlarni koʻrsatishga harakat qiling.  Ushbu urinishlar sizni ijobiy fikr yuritishga oʻrgatadi. Yomon oʻy-xayol qilishdan qaytaradi. Chiroyli fikrlagan, ijobiy xayol qilgan kishi hayot goʻzalliklarini koʻra oladi. Bunday mashqni ochiq havoda sayr qilayotgan chogʻingizda yoki ishga ketayotganingizda bajarishingiz, voqeliklarni tahlil qilishingiz, ularni oʻzingiz uchun foydali tomonlarini topishingiz mumkin. Xulosa shuki, fikrlashni rivojlantirish mashqi sehrli kuchga ega boʻlib, u orqali hayotingizni osoyishta va xotirjam kechishiga erishasiz, degan so‘zlar bilan tadbirni yakunladi. Tadbir juda qizg‘in, savol-javoblarga bo‘y tarzda kechdi va eng keragi, ishtirokchilarga etarlicha motivatsiya bera oldi.

Universitet psixologi M. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati