TIQXMMI yangiliklari

img
04.07.2022

Xotin –qizlar maslahat kengashining hisoboti

Universitet xotin-qizlar kengashi oʼz faoliyatini universitet xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular oʼrtasida olib boriladigan maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini taʼminlash, huquqiy, tibbiy madaniyati va kasbiy mahoratini yuksaltirish, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, xotin-qizlar ongida milliy gʼoya va mafkurani singdirish, talaba qizlarda boʼlajak mutaxassis sifatida mustahkam ilmiy, axloqiy dunyoqarashni rivojlantirish, jamiyatimizda roʼy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy oʼzgarishlarni chuqur anglovchi, ishchan, yuksak gʼoyaviy-axloqiy fazilatlarga ega, insonparvarlik tamoyillariga mos keladigan ayol mavqeini yaratish vazifasidan kelib chiqib amalga oshirmoqda.

2022 yil 29 iyunda YeRB va GTQ fakulьtetlari xotin-qizlar maslahat kengashining 2021-2022 oʼquv yilida qilingan ishlari boʼyicha hisoboti boʼlib oʼtdi. YeRB fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Xafizova va GTQ fakulteti maslahat kengashi raisi F.Yunusovalar fakultetlar tomonidan olib borilgan ishlarining bajarilishi toʼgʼrisida maʼlumotlar berib oʼtildi. Ushbu yigʼilishda universitet professor-oʼqituvchi va xodimlari faol qatnashdilar.

YeRB va GTQ fakulteti xotin-qizlari maslahat kengashi raislari Z.Xafizova va F.Yunusovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati