TIQXMMI yangiliklari

img
07.07.2022

Xorijlik kompaniyalar bilan xamkorlik doirasida yangi laboratoriya barpo etildi

2022 yil 29-iyun kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida Qozog‘istonning “DIQAN” kompaniyasi bilan tuzilgan xamkorlik shartnomasi doirasida universitetga taqdim qilingan  Chexiya davlatining «JK Machinery» kompaniyasida ishlab chiqarilgan don saralash mashinasining taqdimoti va seminar o‘tkazildi. Seminarda don, urug‘chilik bilan shug‘ullanayotgan ishlab chiqarish vakillari hamda universitet professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Don saralash mashinasining taqdimotidan so‘ng seminarning amaliy qismida bug‘doy, sholi va mosh urug‘laring 4 qismga ajratilib tozalash hamda kalibrovka jarayoni amalda namoyish etildi.

 

Mashinaning texnologik ish jarayoni rostlanishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Universitetga tashrif buyurgan chet ellik mutaxasisislar tomonidan seminar ishtirokchilari bergan savollarga javoblar berildi. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, endilikda mazkur don saralash mashinasida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti talabalariga turli o‘simliklar urug‘larini saralash bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

 

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani Q.Shavazov ma’lumoti