TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2022

Xayr, maktabim!

O‘quvchi-yoshlar hayotida muhim iz qoldiruvchi ushbu kunni munosib qutlash uchun  “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 27 va 34 - umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurdilar.

“Xayr, maktabim!” shiori ostida o’tkazilgan tadbirlar ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Kafedramiz professori Baxtiyor Uralov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o‘quvchi-yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘zining a’lo o‘qishi va namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan maktab o‘quvchilari maqtov yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu o‘quvchilarning ota-onasiga maktab ma’muriyati nomidan tashakkurnomalar taqdim qilindi.

 

 “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi assistenti B.Shodiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati