TIQXMMI yangiliklari

img
08.08.2022

Xalqaro “Yozgi maktab 2022”da universitet professor-o’qituvchisi ishtirok etdi

 Oila va xotin-qizlar davlat qо‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) О‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning О‘zbekistondagi huquqiy islohotlar Dasturi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan navbatdagi “Ilmiy tadqiqotlarni о‘tkazishdagi zamonaviy tendensiyalar: metodologiya va vositalar” mavzusidagi “YOZGI MAKTAB – 2022” tashkil etildi.

2022 yilning 1-5 avgust kunlari Toshkent viloyatida tashkil etilgan “YOZGI MAKTAB-2022”da universitetimizning “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich exspert va tinglovchi sifatida ishtirok etdi va sertifikat hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Yozgi maktabda Aholishunoslik jamg‘armasining xalqaro ekspertlari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat statistika qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti olimlari, amaliyotchi mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, demografiya va gender masalalari bo‘yicha ilmiy maʼruzalar va mahorat darslari o‘tkazildi. Xalqaro hamkorlarimizga mazkur yozgi maktab yosh olimlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish imkonini berdi.

 

Yer resurslarini boshqarish fakulteti dekani Sh.Narbayev axboroti