TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2021

Talabaning talab va ehtiyoji muhim

Talaba avvalo, ilm tolibi, u o’rganish, bilim egallash masalasi uning uchun birinchi darajali talab bo’lishi zarur. Achchiq haqiqat bo’lsa ham aytish kerakki, talabalarning ayrimlari o’quv shartnomasi pulini to’lash uchun ishga joylashayotgani achinarlidir. Talabalik davrida o`qib-o`rganish, tahsil olishdan o`zga narsa muhim emas. Talabalarning yashash sharoiti, o`qishiga mas`ullik professor o`qituvchilarning doimiy diqqat markazida bo`lishi tabiiy.
 


 

Dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, TTJ direktori, Yoshlar Ittifoqi institut yetakchisi talabalar turar joyi bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i va yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat  bo'limi boshlig'i va prorektor R.Choriyev ishtirokida ijarada yashaydigan talabalarning yashash sharoitlarini o'rganish bo'yicha kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar mavzu bo`yicha o`zaro fikr almashdilar. Tadbir yakunida  barchaga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

                                                   

TIQXMMI matbuot xizmati