img
08/11/2022

Talabalar oshxonasi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining

Talabalar oshxonasi

Talabalar oshxonasida 400 nafar talaba – yoshlar uchun mo‘ljallangan katta zali, 60 nafar o‘qituvchi – xodimlar uchun mo‘ljallangan alohida kichik zallari hamda 200 nafar talaba – yoshlar va o‘qituvchi – xodimlar uchun mo‘ljallangan yozgi oshxonasi  mavjud.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot unversiteti xodimlari va talabalari uchun sifatli ovqatlanishni tashkil etish maqsadida ko‘p yillik tajribaga ega korxonalar bilan ijara shartnomasi tuzilgan. Talabalar oshxonasida taomlar tayyorlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tajribali hamda maxsus mutaxassislikka ega bo‘lgan mohir oshpazlar va tajribali oshxona xizmatchilari foaliyat yuritadilar.

 

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish to‘g‘risida 184-son qaroriga muvofiq “TIQXMMI” MTU talabalar oshxonasida va bufetlarida xarid etilayotgan mahsulotlarning sifati, xavfsizligi, yetkazib berilishi, saqlanishi, ovqatlarning tayyorlanishi borasida sanitariya-gigiyena qoidalari va meyorlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida  universitet xodimlaridan tashkil topgan  doimiy komissiya ishchi guruhi faoliyat yuritadi. Univesitet talabalar  oshxonasining faoliyati, undagi oziq – ovqatlar hamda taomlarning sifati, narx – navolari va gigiyenik tozaligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Tibbiy bo‘lim va tegishli boshqa bo‘limlar xodimlari tomonidan har chorakda nazorat qilib boriladi.

   Talabalar va xodimlar uchun imtiyozlar                      

Univesitet ma’muriyati tomonidan  “Temir  daftar” ro‘yxtiga kirgan talabalar universitetda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy  ximoyaga muxtoj professor-o‘qituvchi va xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida  talabalar oshxonasida   ovqatlanishlari uchun 30% dan 50% gacha bo‘lgan imtiyozli talonlar  joriy etilgan. Shuningdek, Universitet talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi ijtimoiy  ximoyaga muxtoj hamda “Ayollar daftari”  ro‘yxatiga kirgan talaba qizlar uchun bepul tushlik yetkazib berish joriy etilgan.

 

Тaomnoma

Xizmatlar va oziq ovqat maxsulotlari haridi

Universitetda o‘tkaziladigan  turli xalqaro va mahalliy konferensiyalarga hamda ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarga tashrif buyurgan mahalliy va xalqaro tashkilot delegatlarini kutib olish, ularga sifatli xizmat ko‘rsatishda Talabalar oshxonasi jamoasi tomonidan yuqori darajada xizmatlar ko‘rsatilib, ularga kofe – breyklar hamda tushliklarda Milliy va Yevropa taomlari tayyorlab,  universitetda tashkil etilayotgan tadbirlarni chiroyli o‘tkazishda  o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʼrtacha narxlari maʼlum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotida keltirilgan. Eng qimmat palov Toshkent shahrida qayd etilgan boʼlsa, eng arzoni esa Namangan viloyatiga toʼgʼri keladi.

1 portsiya oshning oʼrtacha narxi:

• Qoraqalpogʼiston R. – 18 000 soʼm

• Аndijon viloyati – 20 800 soʼm

• Buxoro viloyati – 21 300 soʼm

• Jizzax viloyati –22 000 soʼm

• Qashqadaryo viloyati – 20 300 soʼm

• Navoiy viloyati – 19 000 soʼm

• Namangan viloyati – 15 000 soʼm

• Samarqand viloyati – 23 700 soʼm

• Surxondaryo viloyati – 20 000 soʼm

• Sirdaryo viloyati – 20 700 soʼm