TIQXMMI yangiliklari

img
03.07.2022

O’zbek Delegatsiyasining talim sifatini taminlash bo’yicha halqaro o’quv-seminaridagi ishtiroki

     Malumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspekciyasi va Oliy va wrta maxsus talim vazirligining 07.04.22 09/qq-sonli qo’shma qarorlariga muvofiq Jahon Bankining Rivojlantirish Assotsiatsiyasi Shbeemann consulting company (Shbiman Konsalting kompaniyasi) hamkorligidagi “Oliy Talimni modernizatsiya qilish” loyhasi doirasida “Internal and External Quality Assurance” (Ichki va Tashqi Sifatni Ta’minlash)ga qaratillgan  bir qator samarali chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu xafta davomida yuqorida nomlari keltirilgan tashkilot rahbarlari bilan bir qatorda loyihada qatnashib kelayotgan 6ta Oliy Talim Muassasasi vakillari Litva davlatining Vilnyus shahrida loyiha doirasida tashkil etilgan o’quv -seminarida ishtirok etib kelishmoqda. Loyixa qatnashchisi bo’lmish “Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligigi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetidan vakil hisoblanmish dotsent v.b. Go’zal Eshchanova ham ushbu o’quv-seminarida ishtirok etmoqda.

Davlatimizdan tashrif buyurgan bir gurux o’zbek delegaciyasi tashrifidan ko’zlangan maqsad:
- Litvaning Oliy Talim Sifatini Baholash Markazi SKVC (Centre for Quality Assessment in Higher Education) bilan hamkorlik aloqalarini
o’rnatish; 
- Latviya sifat kafolati agentligi (Latvian Quality Assurance Agency ) va Litva Respublikasi Talim, fan va sport vazirligi (Ministry of Education, Science and Sports of Lithuanian Republic) tashkilotlari vakillarining halqaro tajribalarini
o’rganish;
- Oliy Talim Muassasalarini halqaro akkredita
tsiyadan o’tkazishning mazmun va mohiyatlari rivojlantirish;
- Ikki davlat
o’rtasidagi Oliy talimda sifatni yanada yaxshilash masalalarida o’zaro fikr almashish, talabalar va professor-o’qituvchilarni talim almashinuvi va akademik mobillik kabi imkoniyatlarni rivojlantirish; 
- Talim dasturlarini baholash,
xorijiy malakalarni tan olish yondashuvlarini o’rganish, qo’shma-talim dasturlarini mukammallashtirish;
- Evropa standartlari va tavsiyalari
(ESG -European Standards and Guidelines) bo’yicha mavjud ilǵor tajribalarni o’rganish, Buyuk Vitautas universiteti (Vytautas Magnus University), Vilnyus Gediminas texnika universitet (Vilnius Gediminas Technical University ) va Mikolas Romeris universiteti (Mukolas Romeris University) larida olib borilayotgan o’quv va tadqiqot faoliyatlari hamda talim dasturlari bo’yicha erishilgan yuqori natijalarni atroflicha o’rganish.

Davlatimizning talim muassasalarida ularni samarali tadbiq qilish bo’yichaa qizǵin muzokaralar olib borildi. Shuningdek ,O’zbek oliy talim muassasalarini halqaro QS  (World University Rankings) va THE (Times Higher Education) kabi Jahon Universitetlari Reytinglarida yanada yuqori natijalarga erishishlari  bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatishga qaratilgan bir  qator samarali uchrashuvlar o’tkazilmokda.

Halqaro va milliy ekspertlar ishtirokidagi talimni modernizatsiya qilishga qaratilgan bu kabi halqaro nufuzdagi o’quv-seminarlar oliy talim muassasalarining yanada halqarolashuviga zamin yaratishiga yo’l ochishi shubhasiz

 

Universitet matbuot xizmati