TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2022

Maqsad sari qadam – to'g'ri fikrlashdan boshlanadi

       Joriy yilning 2 dekabr kuni universitet psixologi M.K. Muhammedova va GTQ fakulteti tyutorlari A.Haydarov va  D.Xursandovalar hamkorlikda 1TTJ GTQ fakulteti talabalari bilan “Psixologik texnikalardan foydalanish orqali shaxsning yangi qirralarini kashf etish”  mavzusida tadbir o'tkazishdi. Tadbir ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari,  tengdoshlar  munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, maqsadni to'g'ri qo'yish muammolari yuzasidan guruhiy tarzda maslahat va tavsiyalar berish maqsadida tashkil etildi.

       Tadbir avvalida ishtirokchilarga bir qator inson ruhiyatini pozitiv notaga sozlash va motivatsiya berishga mo'ljallangan psixologik misollar hikoya qilib berildi va muhokama qilindi. “Vaqt texnikasi”, “Qilishim zarur! Men xohlayman! Men bajaraman!”diagnostik texnikalari orqali talabalarda vaqtni to'g'ri taqsimlash, o'zlari, yaqinlari va atrofdagilarga e'tibor qaratish, o'z ustida ishlab iqtidorlarini shakllantirish, xohishlarni  orzuga, orzularni maqsadga, maqsadlarni amalga oshirishga doir tavsiyalar berib o'tildi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va tadbirdan olgan taassurotlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati