TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2022

Loyihadagi ishtirok

Kuni-kecha Universitetimizda talabalar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda  anʼanaga aylangan “YIL TALABASI-2022” koʻrik tanlovi gʻolib va gʻolibalari munosib taqdirlanishdi. Shu bilan birgalikda “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti dekani A. Isakov "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta oʻqituvchisi va "AUTONOMOUS" jamoasi rahbari boshchiligida "AUTONOMOUS" jamoa aʼzolari 26-noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida oʻtkazilgan “IDEATON va MAKEATON” gʻoyalar tanlovida oʻzlarining ideali loyihalari bilan qatnashishdi. Loyiha soʻngida esa jamoa aʼzolari faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishgan holda qaytishdi.

QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati