TIQXMMI yangiliklari

img
17.01.2022

    Jahon Banki Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasining “Ichki Sifatni Taʼminlash xalqaro loyihasi  doirasida “TIQXMMI” MTUdagi vebinar

       Joriy yilning 14 yanvar sanasida Jahon Bankining Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi (International Development Assosiation of World Bank) va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligidagi “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” (Modernization of Higher Education) dasturiga binoan “Ichki Sifatni Taʼminlash” ( Internal Quality Assurance) xalqaro loyihasi doirasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqotlar Universitetida navbatdagi vebinar tashkil qilindi. Zoom platformasi orqali tashkil qilingan ushbu seminar-treningda loyiha doirasida jamoaga biriktirilgan Katya Ziebert Kamsek va Universitetdan loyiha koordinatori oʼquv ishlari boʼyicha prorektor Prof. B.Xudayarov va loyiha ishtirokchilari Аbduraupov R., Xodjaev D., Eshchanova G., Kattaqulov F., Ismailova Z., Nullaev U. va Eshpulatov N.lar qatnashishdi.

         Eslatib oʼtamizki, shu kungacha loyihada ishtirok etib kelayotgan 6ta OTM vakillari bu kabi xalqaro treninglarda faol qatnashib, samarali hamkorlikni yoʼlga qoʼyishgan. Maʼlumki, trening mashgʼulotlari 8 ta modulni oʼz ichiga olib, oʼtkazilgan seminar-treningda har bir OTM jamoasi tegishli ekspertlarga biriktirilgandir. Аyni paytda, har bir OTM oʼzlariga biriktirilgan ekspertlar tomonidan belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida oʼz vaqtidagi ijrosini amalga oshirib kelishmoqda.

        Ushbu seminar-treninglardan koʼzlangan maqsad 2022-2023 yillar yakuniga qadar yangi ichki sifatni taʼminlash (IST) tizimini yaratish, Oʼzbekistondagi saralangan universitetlar uchun intensiv treninglar tashkil qilish, yangi tizimni ishlab chiqish va tatbiq etish, (couching) koucherlik bosqichini samarali yoʼlga qoʼyish va tanlangan OTMini Xalqaro Аkreditatsiyaga tayyorlashdan va muassasalarda ichki sifatni taʼminlash (IST) va takomillashtirishda loyiha ishtirokchilarning sayi-harakatlarini yanada qoʼllab-quvvatlashdan iboratdir.    Mutaxassislar koucherlik bosqichining maqsadlari, ularni amalga oshirish vaqtlari, metodologiyalari, mavzu boʼyicha hujjatlarni shakllantirish va tegishli maʼlumotlarni toʼldirish, zarur trening-mashgʼulotlarini olib borish va amalga oshirish bosqichlari uchun maʼsuldirlar.

   Mavjud ichki sifatni taʼminlash (IST) tizimini yanada takomillashtirish boʼyicha “TIQXMMI” Milliy Tadqiqotlar Universitetida quʼyidagilar amalga oshirilmoqda;

-Institutda IST boʼyicha yoʼl xaritasini yuritilishi, bajarilish jarayonida masʼullar va muddatlar boʼyicha maʼlumotlarni shakllantirish;

-Institutdagi Monitoring va ichki nazorat boʼlimi va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi vazifalari hamda ularni IST boʼyicha Yoʼl xaritasini bajarilishining monitoringini yanada takomillashtirish;

-Institutda loyiha doirasidagi koucherlar IST tizimini rivojlantirishga yordam berib, shuningdek, olib borilgan tahlillar boʼyicha olingan maʼlumotlar toʼgʼrisida fikr-mulohazalar bildirish, hujjatlar va maʼlumotlar boʼyicha ekpertdan olingan fikr va xulosalar, tavsiyalar va amaliy maslahatlar boʼyicha hamkorlikni rivojlantirish;

- Institutning toʼliq akademik erkinlikga (avtonomiyaga) erishganligi, institut oʼz taʼlim dasturlarini oʼzi mustaqil tasdiqlashi va oʼzini oʼzi moliyalashtirishga oʼtishida boshqa rivojlangan davlatlardagi ilgʼor tajribalarni amalda qoʼllashi;

- Institut bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash masalalari, shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha aniq rejalarni shakllantirish.

    Umid qilamizki, 2023yil oxiriga qadar loyiha doirasida ichki sifatni taʼminlash (IST) tizimini modernizatsiya qilish va “TIQXMMI” Milliy Tadqiqotlar Universitetini Xalqaro Аkreditatsiyadan oʼtkazish orqali ichki va tashqi sifatni taʼminlash va takomillashtirishga yaqindan yordam beradi.