TIQXMMI yangiliklari

img
04.07.2022

Horijiy universitet bilan hamkorlik!

Universitetimiz delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning markaziy qismida joylashgan Harper Adams Universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu universitet 1901 yilda mahalliy fermer Harper Adams mablag’lari hisobiga tashkil qilingan bo’lib, bugungi kunda zamonaviy o’quv laboratoriya binolari, yotoqxonalar va 70 gektar yer maydonlariga ega.

Universitet qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan yetakchi universitet hisoblanadi va bu yerda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, chorvachilik, veterenariya, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalsh, yer resurslarini boshqarish va barqaror biznes yuritish bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanadi. Universitet olimlari va talabalari tomonidan boshqaruvchisiz boshqariladigan traktor

Harper Adams Universiteti songi yillarda sezilarli yutuqlarga erishgan. Universitet bitiruvchilarini ishga joylashish ko’rsatkichi 98.8%ga teng, so’ngi 6 yilda har yili tinimsiz eng zamonaviy universitet maqomini olgan, talabalar talablariga javob bera oladigan Buyuk Britaniyaning eng kuchli 10ta universitetidan biri

Universitetni qishloq xojaligi muhandisligi sohasidagi yutuqlarini alohida takidlash kerak. Bu yerda Buyuk Britaniyaning Aniq qishloq xo’jaligi milliy markazi joylashgan, muhandislik kafedrasida qishloq xo’jaligi sohasini raqamlashtirish, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan traktorlar va kombaynlarni avtomatik boshqarish, dronlardan foydalanish bo’yicha keng ko’lamli ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Bu yerdagi 35 gektar maydonda umuman qo’l mehnatidan foydalanilmasdan dehqonchilik qilish tajriba uchastkasi bor.

Xozirda universitetimizda amalga oshirilayotgan Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan moliyalashtirilgan Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirishloyihasi doirasida bu universitet bilan hamkorlik qilish boyicha kelishuvga erishilgan

Universitet matbuot xizmati