TIQXMMI yangiliklari

img
19.12.2021

“Hayotning har lahzasi go'zal”

Joriy yilning 8 - dekabr kuni GM fakulteti 2-kurs 209 guruh talabalari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova va  guruh tyutori D.Egamovalar suitsidni oldini olish va profilaktika qilish maqsadida “Umrning har dami g'animat” mavzusida tadbir tashkil etishdi. Hozirgi kunda aholi orasida suitsidning ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas.  Talabalar bilan hozirgi kunda suitsidni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar to'g'risida qizg'in suhbat olib borildi. Tadbir davomida Z. Korolevaning “Sizning suitsidga moyilligingiz” testi o'tkazildi. 

 Suhbat davomida ushbu dolzarb ijtimoiy-psixologik muammoni faqat suitsidologlarga yuklab qo'yish bilan uning yechimini topish ancha mushkul ekani, buning uchun hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsakkina jamiyatda bu illatlarni kamaytirishga erishishimiz mumkinligi to'g'risida fikr yuritildi. Tadbir: “Yashang va boshqalarga yashashga ruxsat bering!” shiori bilan o'z nihoyasiga yetdi.

 

 

TIIIMСХ matbuot xizmati.