TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2021

Faol va fidoyi trenerlar taqdirlandi

Kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazishda uchastka saylov komissiyalari uchun mo’ljallangan o’quv kurslarida faol qatnashgan trenerlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
 

Unda institutimiz nomidan Ortiq Ro’ziboyev, Alisher Ravshanov, O’rol Ergashev va Rahimboy Jumaniyozovlar “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 2021 – yil o’tkazilgan saylov kampaniyasi davrida  “Saylov qonunchiligi va saylovda zamonaviy axborot texnologoiyalarini qo’llash” mavzusidagi seminar-treninglaridagi samarali faoliyati uchun” faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov kompaniyasi  va Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbariyatining taklifiga binoan eng kuchli Trener sizfatida Rahimboy Jumaniyozov va Boboqul Toshevlar saylov natijalarini xolisona va shaffof tarzda o’tishida trener va monitoring guruhi a’zolarining o’rni haqida o’z mulohazalarini bildirishdi.
 



 

TIQXMMI matbuot xizmati