TIQXMMI yangiliklari

img
08.08.2022

“Erasmus+” loyihasi doirasida xalqaro hamkorlik

Yevropa ittifoqining “Erasmus+” dasturi bo’yicha “TIQXMMI” MTU ning  “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi bilan Ruminiyaning Oradea universiteti o’rtasida “Key Action-1” mobillik dasturi tuzilgan. Ushbu dastur doirasida joriy yilning 28-iyulidan 8-avgustigacha  Ruminiyaning Oradea universiteti “Geografiya, Turizm va Hududiy Planlashtirish” kafedrasidan doktor, professor Iulian Dinka  universitetning “Gidravlika va Gidroinformatika” kafedrasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Ruminiyaning  Oradea universiteti bilan ikki tomonlama aloqalar o'rnatish, ilmiy bilim va tajriba almashish, ilmiy maqolalar yozish, qo'shma loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bo'yicha fikrlar almashildi.