ARM haqida

ARMning asosiy vazifalari:

  1. Universitet faoliyati yo‘nalishlari va kitobxonlarning axborotga bo‘lgan talablariga muvofiq holda kutubxona fondini shakllantirish. Ma’lumot-axborot xizmatini tashkillashtirish va yuritish.
  2. ARM zahiralaridan foydalanish qoidalariga muvofiq holda ihtiyoriy fonddan talaba, doktorant, ilmiy xodimlar, o‘qituvchi va boshqa kitobxonlarga axborotga bo‘lgan talablariga muvofiq kutubxona va axborot-bibliografik xizmatini ko‘rsatish.
  3. Universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o‘quv jarayoni, universitet bo‘linmalarining ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajarishiga ko‘maklashish.
  4. Foydalanuvchilarda axborotlarni izlash, foydalanish va ularni tahlil qilish madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlashga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tartibda tayyorlash. Foydalanuvchilarni kutubxona-bibliografiya bilimlarini asoslariga o‘qitish, yangi an’anaviy bo‘lmagan ma’lumot tashuvchilarda yangi hujjatlar bilan ishlashni o‘qitish tizimini tashkillashtirish.
  5. Tashkiliy masalalarni hal qilishda yangicha yo‘llarini izlash, zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari va boshqa zamonaviy texnik vositalarni qo‘llashga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish va bularning asosida ARM tomonidan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish doirasini (ro‘yxatini) kengaytirish va ularning sifatini oshirish.
  6. Kutubxona va axborot xizmati savollari bo‘yicha uslubiy ishlar olib borish.
  7. Foydalanuvchilarni ma’lumot va adabiyotlar bo‘yicha talablarini yanada to‘liq qanoatlantirish maqsadida universitetning tarkibiy bo‘linma va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnik ma’lumot idoralari, muassasa va tashkilotlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish va birlashtirish.
  8. Oliy ta’lim muassaslariga kutubxona xizmati masalalari bo‘yicha ma’lumot-axborot va uslubiy yordam ko‘rsatish.

ARMning asosiy funksiyalari:

  1. ARM vazifalari asosan, universitet ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va ilmiy izlanishlar mavzulari bo‘yicha fondni butlashni ta’minlaydi. Har xil ko‘rinishdagi va turdagi hujjatlarni (shu jumladan elektron ko‘rinishda) sotib olishni tashkillashtiradi: o‘quv, ilmiy, ma’lumot va xabar nashriyotlar, davriy nashriyotlarni, badiiy adabiyotlarni.
  2. Fondlarni butlash uchun manbablarni aniqlashtiradi. Zarurat paydo bo‘lganda boshqa kutubxona, muassasa va tashkilotlar bilan kitob almashinuvini amalga oshiradi.
  3. Fondlarni optimallashtirish va shakllantirish maqsadida fondlarning tarkibi va ishlatilishini doimiy taxlil qiladi.
  4. Vaqti-vaqti bilan fondlarni tekshiradi va ularning tarkibini kutubxona elektron va an’anaviy kataloglar yordamida ochib qo‘yadi. ARMning fondlarini oshkor qiladigan va reklama qiladigan tematik bibliografik ko‘rsatgichlar va axborot ro‘yxatlarini, ARMning faolityaini aks ettiradigan boshqa nashriyotlarni chiqaradi.
  5. Doimiy asosda ARM fondlarini butligini, ularni o‘z vaqtida hisobga olish, saqlash va nazorat qilishni ratsional tashkil qilish, saniyatiriya-gigiena choralarini amalaga oshirish, konservatsiya qilish, universitet faoliyati doirasiga oid nashriyotlarni raqamli skanerlash va elektron katalogga qo‘shish, o‘zgartirish yo‘li bilan ta’minlaydi.
  6. Foydalanuvchilarga kutubxona va axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi: 6.1. O‘quv zallarida, o‘quv, ilmiy adabiyotlarni berish abonementlarida va yagona kitobxon bileti asosida adabiyot berish joylarida foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkillashtiradi. O‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga kutubxona fondiga ochiq kirish huquqini tashkillashtiradi. 6.2. Foydalanuvchilarga asosiy kutubxona xizmatlarini bepul ta’minlaydi: - kutubxona fondi haqidagi to‘liq ma’lumotni kataloglar tizimi, kartotekalar va kutubxona axborotining boshqa shakllari yordamida taqdim etadi; - chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni izlash va tanlashda konsultativ yordam ko‘rsatadi; - kutubxona fondidan chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik foydalanishga beradi; - elektron katalog va nashriyotlarga kirish huquqini ta’minlaydi; - universitetning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatgichlar, adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi, bibliografik ma’lumotlar, bibliografik sharhlar tuzadi, mavzuli kitob ko‘rgazmalarini tashkil qiladi; 6.3Doimo foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini o‘rganadi.
  7. Universitet buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat asosida foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan qo‘shimga xazmatlar ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatga zarar yetkazmagan holda, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish va kutubxonaning ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini kengaytiradi.
  8. Talabalar va foydalanuvchilarning boshqa toifalari uchun kutubxona-bibliografik bilimlar asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtiradi.
  9. Amaldagi me’yoriy va huquqiy rasmiy hujjatlarga asosan kutubxona fondidan hujjatlarni muomaladan chiqaradi. Ish yo‘nalishiga taalluqli bo‘lmagan va ortiqachatakrorlangan adabiyotlarni qayta taqsimlashni bajaradi.
  10. Kutubxona-bibliorgafiya va axborot faoliyatiga tegishli savollar bo‘yicha mustaqil ravishda yoki universitetning boshqa bo‘linmalari, kutubxona yoki tashkilotlar bilan ilmiy va uslubiy konferensiyalar tashkil qiladi va o‘tkazadi.
  11. Kutubxonaning faoliyatini hamma yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi.
  12. Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadi, ilg‘or kutubxona texnologiyalarini tatbiq etadi. Foydalanuvchilarni qiziqishlarini o‘rganish maqsadida turli tadqiqotlarni olib boradi.
  13. Universitetning xodimlari, ilmiy jamiyatlari va jamoa tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlarni o‘zaro muvofiqlashtiradi.
  14. ARM kutubxonalar va boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kutubxona-bibliorgafik va axborot faoliyati savollari bo‘yicha birgalikda ish olib boradi.
  15. ARM faoliyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, texnologik va ish tartibi hujjatlarini ishlab chiqadi.

ARMning fondi:

1.01.2021 yil holatiga fond 639.066 nusxa chop etilgan nashrlardan tashkil topgan. ARMning ma’lumotlar bazalarida 103 325 ta bibliografik yozuvlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, jurnallar, ruznomalar,maqollar va badiiy adabiyotlar) bundan tashqari 36 729 dan ortiq to’liq matinli elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, jurnallar, badiiy adabiyotlar va maqolalar mavjud.

ARMdan foydalanish ko’rsatkichlari :

  • foydalanuvchilar soni                                         -  7303
  • yillik davomat (tashriflar) soni                             -  278.870
  • foydalanuvchilarga adabiyotlarning berilishi      -  400.862

ARMda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali professor-o‘qituvchilarga va talabalarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyatini, bilimini, ma’naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yo‘nalishda ARMda IRBIS tizimida foydalanuvchilar uchun quyidagi ma’lumot bazalari (MB) yaratilgan:

  • TIQXMMI elektron katalogi MBsida 58.527 nomda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy va badiiy adabiyotlarning elektron katalogi (bibliografik yozuvlari) mavjud;
  • TIQXMMI elektron kutubxonasi MBsida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar va maqolalarning elektron katalogi va ularning to‘liq matnlari joylashtirilgan;
  • Avtoreferatlar elektron katalogi MBsida avtoreferatlarning elektron katalogi va ularning to‘liq matni mavjud;
  • Ro‘znoma va jurnallarning elektron MBsiga davriy nashrlarning va maqolalarning elektron katalogi va hamda ularning to‘liq matni joylashtirilgan;

Ushbu vazifalar yuzasidan bugungi kunda ARMda talaygina ishlar amalga oshirilgan. ARM fondining salmoqli qismini elektron kutubxona va davriy nashrlar tashkil etadi. Bular darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar ilmiy-ommabop jurnallar, turli xil davlat va nodavlat gazetalari, ilmiy axborotnomalar hamda referativ jurnallar kabi nashrlardir.