TIQXMMI yangiliklari

img
17.01.2022

AQSh universiteti bilan yangi loyiha o‘z ishini boshladi

AQShning Pensilvaniya shtati universiteti bilan yangi loyiha o‘z ishini boshladi. Pensilvaniya shtati universiteti, “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti, Tojikiston agrar universiteti, Qozog‘iston milliy agrar tadqiqotlar universiteti, O'sh texnologiyalar universiteti bilan hamkorligida UniCEN loyihasini boshlash uchun start berildi. Ushbu loyiha doirasida EDGE (Experiential Digital Global Engagement)  platformasi orqali AQSh va “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti magistrantlari o‘rtasida onlayn amaliy mashg‘ulotlar amalga oshiriladi.

Loyiha 4 yoki 6 haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki universitet magistrantlari uchun hayotiy loyiha (masala) beriladi va uni GAT texnologiyasi yordamida yechimini topish  vazifasi qo‘yildi. 4 haftadan so‘ng ikki jamoa o‘zlarining natijalarini EDGE texnologiyasi yordamida o‘zaro o‘rtoqlashadi. Shu bois, ikki universitetga safar uyushtirmagan holda, o‘zaro fikrlar almashishi, masalani muhokama qilish imkoniyati yaratiladi. Loyiha fevral-iyun oylari davomida fan va magistrantlar guruhi tanlab olinadi. Sentabr oyida esa ushbu loyiha to‘liq ishga tushiriladi.  Loyiha UniCEN (American Councils) tomonidan moliyalashtiriladi.

"TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti