TIQXMMI yangiliklari

img
07.07.2022

“AGROINJENERLIK” amaliyoti qizg‘in davom etmoqda

Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “TIQXMMI” MTU  “O‘quv-ilmiy markazi” DUKda “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakulteti 2-kurs talabalarining “AGROINJENERLIK” amaliyoti qizg‘in davom etmoqda. Amaliyot davomida talabalar o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan qishloq xo‘jalik texnikalari bilan yaqindan tanishib bormoqda. Amaliyotda talabalarga fakultet dekani Q.Shavazov va mahalla inspektorlari  hamkorligida odob-axloq, poligondagi ichki tartib to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Fakultet dekani Q.Shavazov amaliyot jarayonida faol ishtiroki va berilgan vazifalarni o‘z vaqtida namunali topshirib kelgan bir qator talabalar faxriy yorliqlar hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etgan xodimlarga tashakkurnoma bilan taqdirladi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari 

A.Borotov axboroti