TIQXMMI yangiliklari

img
24.09.2022

Ayollik saodati

Donishmand xalqimiz hamisha ayollarni e'zozlab yashagan, xotin- qizlarga yuksak ehtirom ko'rsatib yashash el-yurtimzga xos azaliy qadriyatga aylangan . Joriy yilning 22- sentabr kuni "Toshkent Irrigatsiya va qushloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida universitet xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi, pedagogika fanlari doktori, professor Zuxra Ismoilova tashabbuslari bilan "Xotin- qizlarning siyosiy faolligi, huquqiy  hamda tibbiy madaniyatini oshirish- dolzarb masala"  mavzusida ma'naviy- ma'rifiy  tadbir o'tkazildi.

Tadbirda: Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati, O'zXDP fraksiyasi a'zosi Mamajonova Dilbar Raxmatovna "ShHTning Samarqand summiti   yakuni va undan kutilayotgan natijalar" mavzusidagi ma'ruzalari bilan o'rtoqlashdilar va talaba qizlarimizni savollariga javob berdilar. O'zbekiston XDP markaziy kengashi "Ayollar qanoti " rahbari Asatova Gulshan Sayitovna ham "Xotin- qizlarni qo'llab-quvvatlashning huquqiy asoslari " mavzusidagi maruzalari bilan talaba qizlarimizga foydali maslahatlar berib o'z huquqlarini bilib unda to'g'ri foydalanishga chorladilar.

Respublika aholini reproduktiv salomatligi markazi mutaxassisi, tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Jalilova Surayyo Abduxalimovna esa "Xotin- qizlarda uchraydigan ginekologik kasalliklar, uni erta aniqlash va oldini olish " mavzusidagi sermazmun ma'ruzalari bilan tadbirimizga o'zgacha ruhiyat bag'ishladi. Shuningdek, tadbir davomida talaba qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, nafaqat talaba qizlarining o‘zi, balki oila a’zolari bilan bir vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, aholining sog‘lom turmush tarziga rioya etishi ham eng muhim omil sifatida e’tirof etildi.

Fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalarga boy tadbir talaba qizlarning siyosiy savodxonligini oshirish bilan birga, tibbiy madaniyatini ham shakllantirdi.

"Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi R. Kodirova axboroti

                    Universitet matbuot xizmati