Kadastr (hududlar davlat kadastri) bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari boshlandi.
09.06.2026
2026-yil 9-iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakultetining Kadastr (hududlar davlat kadastri) bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari boshlandi.
Imtihon ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, bitiruvchilarning to‘rt yil davomida egallagan nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan. Talabalar kadastr sohasidagi bilimlari bilan bir qatorda sohaga oid qonunlar, qarorlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot tizimlar va raqamli kadastr yo‘nalishlaridagi kompetensiyalarini ham namoyish etmoqdalar.
Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish jarayonida Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Niyozov Faxriddin Mashrabaliyevich, Kadastr agentligining Yer, bino va inshootlar kadastrlarini yuritishda hududlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Babajanov Xusniddin Davlatovich, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i Gafurov Fatxulla Shukurullayevich hamda Davlat kadastrlari kafedrasining professor o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.
Mazkur attestatsiya imtihonlari bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasini
aniqlash hamda ularning kelgusidagi mehnat faoliyatiga tayyorligini baholashda
muhim bosqich hisoblanadi.
Davlat kadastrlari kafedrasi jamoasi barcha bitiruvchilarga Yakuniy davlat
attestatsiya imtihonlarida muvaffaqiyat tilaydi.
“Davlat kadastrlari” kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati