“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi.

04.12.2025

#Ilmiy faoliyat #Ta`lim

Universitetda tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularni raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Bu yilgi tanlovlar o‘tgan yillarnikiga qaraganda bir muncha murosasiz va teng kuchlar ostida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 60 ga yaqin iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Tanlovda qatnashish uchun hujjat topshirgan talabalarning hujjatlari tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarga taqdim etildi. Komissiyalar tomonidan hujjatlarni o‘rganib chiqish asnosida talabalar bilan bevosita suhbatlar olib borildi. Shuningdek, suhbatga jalb etilgan talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar ham eshitildi.

 Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalar tomonidan taqdim etilgan xulosa va ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi;

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 4-bosqich Xudoyberdiyev Xumoyunbek Xabibulla o‘g‘li;

2-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 2-bosqich talabasi Nuraliyeva Shodiya Nurali qizi;

3-o‘rin – Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 2-bosqich talabasi Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li;


Yilning eng faol-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Boymirzayeva Madina Ibrohim qizi;

2-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi Abduolimova Mohinur Yahyo qizi;

3-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi Shavkatova Asila Farxod qizi;

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3-bosqich talabasi Adhamov Saidvalixon Aziz o‘g‘li;

2-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi Ganiyeva Samira Sayfulla qizi;

3-o‘rin - Energetika fakulteti, 4-bosqich talabasi To‘xtaboyeva Gulbahor Azimboy qizi;

“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3-bosqich talabasi Abduraximova Shaxzoda Fazliddin qizi;

2-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Muxsiddinov Abrorxo‘ja Dilmurod o‘g‘li;

3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi Xolmatov Oyatbek;


“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 4-bosqich talabasi Ataboyev Javoxir Sarvar o‘g‘li;

2-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti, 4-bosqich talabasi Ismoilova Umida Voxidjonovna;

3-o‘rin – Energetika fakulteti, 3-bosqich talabasi Abdug‘afforov Abdulaziz Jonibek o‘g‘li;


“Yilning eng faol-tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha (xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:

1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi Xamidullayeva Dilnozaxon Zikrillo qizi;

2-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi Sodiqova Farangizxon Fahriddin qizi;

3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Quvondiqova Hulkaroy Suvondiq qizi g‘olib deb topildi.

Ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz va g‘olib bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz!

 

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti