“Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichi natijalari e’lon qilindi.
04.12.2025
Universitetda tahsil
olayotgan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
ularni raqobatbardosh kadr
sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z
iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini
oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag‘batlantirish
maqsadida “Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yilgi tanlovlar
o‘tgan yillarnikiga qaraganda bir muncha murosasiz va teng kuchlar ostida
bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 60 ga
yaqin iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Tanlovda
qatnashish uchun hujjat topshirgan talabalarning hujjatlari tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarga taqdim
etildi. Komissiyalar tomonidan
hujjatlarni o‘rganib chiqish asnosida talabalar bilan
bevosita suhbatlar olib borildi. Shuningdek,
suhbatga jalb etilgan talabalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar ham
eshitildi.
Tanlovning har bir
nominatsiyasi bo‘yicha
tuzilgan komissiyalar tomonidan taqdim etilgan xulosa va ma’lumotlarga ko‘ra quyidagi
yakuniy natijalar qayd etildi;
“Yilning
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Ekologiya va
huquq fakulteti, 4-bosqich Xudoyberdiyev Xumoyunbek Xabibulla o‘g‘li;
2-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash fakulteti, 2-bosqich talabasi Nuraliyeva
Shodiya Nurali qizi;
3-o‘rin – Gidrotexnika qurilishi fakulteti, 2-bosqich talabasi Kozimov Izzatillo Baxtiyorjon o‘g‘li;
“Yilning eng faol-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Ekologiya va huquq
fakulteti, Iqtisodiyot
fakulteti 2-bosqich talabasi Boymirzayeva Madina Ibrohim qizi;
2-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi Abduolimova Mohinur
Yahyo qizi;
3-o‘rin - Ekologiya va huquq
fakulteti,
2-bosqich talabasi Shavkatova Asila Farxod qizi;
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha
tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3-bosqich
talabasi Adhamov Saidvalixon Aziz o‘g‘li;
2-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi G‘aniyeva Samira Sayfulla qizi;
3-o‘rin - Energetika fakulteti, 4-bosqich talabasi To‘xtaboyeva Gulbahor Azimboy qizi;
“Yilning eng faol sportchi talabasi”
nominatsiyasi bo‘yicha tuzilgan komissiya qaroriga
ko‘ra:
1-o‘rin - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, 3-bosqich talabasi Abduraximova Shaxzoda Fazliddin qizi;
2-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 3-bosqich talabasi Muxsiddinov Abrorxo‘ja Dilmurod o‘g‘li;
3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi Xolmatov Oyatbek;
“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha
tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 4-bosqich talabasi Ataboyev
Javoxir Sarvar o‘g‘li;
2-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti, 4-bosqich talabasi Ismoilova Umida
Voxidjonovna;
3-o‘rin – Energetika fakulteti, 3-bosqich
talabasi Abdug‘afforov Abdulaziz Jonibek o‘g‘li;
“Yilning eng faol-tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha
(xotin-qizlar
uchun) nominatsiyasi bo‘yicha
tuzilgan komissiya qaroriga ko‘ra:
1-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi Xamidullayeva
Dilnozaxon Zikrillo qizi;
2-o‘rin - Ekologiya va huquq fakulteti, 2-bosqich talabasi Sodiqova
Farangizxon Fahriddin qizi;
3-o‘rin - Iqtisodiyot fakulteti,
3-bosqich talabasi Quvondiqova Hulkaroy Suvondiq qizi g‘olib deb topildi.
Ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz
va g‘olib bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz!
Iqtidorli
talabalar bo‘limi axboroti