“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan olimpiada o‘tkazildi.
04.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi F-53-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturiga muvofiq, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talaba yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish” bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Mazkur olimpiada Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda Huquqiy fanlar kafedrasi hamkorligida ikki bosqichda o‘tkazildi.
Birinchi bosqichda talabalarning Konstitutsiya qoidalari va tamoyillariga oid bilimlari test sinovi orqali baholandi. Ushbu bosqichda 100 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi olimpiadaning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ikkinchi bosqichda talabalar muammoli huquqiy vaziyatga yechim berish bo‘yicha yozma imtihon topshirdilar. Yakuniy natijalar asosida olimpiada g‘oliblari quyidagicha aniqlandi:
- 1-o‘rin — Rahimov Javohir, Ekologiya va huquq fakulteti, 1-bosqich talabasi
- 2-o‘rin — Turonova Sarvinoz, Ekologiya va huquq fakulteti, 3-bosqich talabasi
- 3-o‘rin — Ramazonov Husan, Ekologiya va huquq fakulteti, 4-bosqich talabasi
Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimizni esa chin dildan tabriklaymiz!
Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti