“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi

03.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

🏆 Yoshlarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida umumiy sovrin jamg‘armasi 9 000 000 so‘m etib belgilangan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi ko‘rik-tanlov e’lon qilingan edi. Ushbu tanlovning insho yo‘nalishi bugun o‘zining amaliy bosqichida bo‘lib o‘tdi.

📖Tanlovda bakalavr va magistratura bosqichi talabalari faol ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat hayotiga ta’siri, halollik tamoyillarining ahamiyati, yoshlar orasida murosasizlikni shakllantirish hamda universitetda korrupsion holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini insho orqali bayon etdilar.

🖋️ Insholar tanlovi yoshlarning korrupsiyaga qarshi ongini yuksaltirish, halollik madaniyatini mustahkamlash va ijobiy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

📚 Tanlovning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi ishlar saralanadi hamda  pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.