Amaliyot oldi instruktaj

03.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 1-dekabr kuni universitetning “Energetika” fakulteti, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari o‘rtasida 2025-2026 o‘quv yilida ko‘zda tutilgan “4+2” amaliyot tizimi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti, PhD Murtazayeva Gulnoza tomonidan texnika xavfsizligi instruktaji tushuntirildi. Instruktaj davomida nafaqat talabalar balki amaliyotga mas’ul “TJAB” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.