Astana, 29–31-oktyabr 2025-yil.

01.11.2025

#Rektordan #Xalqaro hamkorlik

Astana shahrida “Qozog‘iston – akademik bilimlar hududi” shiori ostida o‘tgan ta’lim va fan sohasidagi xalqaro strategik hamkorlik forumida Markaziy Osiyo, AQSH va Yevropa davlatlarining yetakchi universitetlari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.


Forumda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Tokayev ta’lim va fanning davlatlararo hamkorlikdagi strategik ahamiyatini ta’kidlab, bu sohani global rivojlanishning asosiy omili sifatida sun’iy intellekt, ta’limda innovatsiyalar hamda xalqaro texnologiyalar transferini e’tirof etdi.


“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori o‘z chiqishida universitetning muhandislik ta’limi, transchegaraviy suv munosabatlari va barqaror qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarini taqdim etdi. Unda suv resurslari va raqamli transformatsiya bilan bog‘liq muammolarni hal etishda universitetlar o‘rtasidagi birlashgan sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi.


Xalqaro forum akademik muloqot va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, ta’lim va fan sohasida barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi.