Adabiyot — tafakkur oynasi
01.11.2025
2025-yilning 29-oktyabr kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori I. R. Axmedov “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” yo‘nalishining 131,132,133 –guruhlarida “Adabiyotshunoslikka kirish” fanidan “Литературные направления” mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Dars davomida o‘qituvchi talabalar bilan erkin muloqot qilib, ularni mustaqil fikrlashga, rus tilida o‘z fikrini ravon bayon etishga, lug‘at boyligini oshirishga qaratilgan innovatsion pedagogik-texnologiyalardan samarali foydalanishga muvaffaq bo‘ldi. Talabalar dars jarayonida faollashdilar hamda mavzuga doir savol-javob o‘tkazildi. Zero, o‘zga tilda fikrni bayon etish inson tafakkurining kengligi va madaniyatining yuksak darajasidir.
“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi M. Qo‘shnazarova