Tilimiz – milliy g‘ururimiz!
01.11.2025
31-oktyabr kuni "Xalqimiz g‘ururi – tilimiz" nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalar tomonidan ingliz tilida tayyorlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, buyuk mutafakkirlarimizning til haqidagi hikmatli fikrlari asosida yaratilgan chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, madaniy merosimizni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbir doirasida “Xorijiy til (ingliz tili)” yo‘nalishi talabalari tomonidan “Tillar – millatlarning g‘ururi” nomli ma’naviy-ma’rifiy chiqish ham tashkil etildi. Unda har bir millatning o‘zligini belgilovchi tili borligi, tilning milliy qadriyat va madaniyatni saqlab qolishdagi ahamiyati haqida fikrlar bayon etildi. Shuningdek, qardosh yurt tillarining turkiy tillarga mansubligi ta’kidlandi. Tadbir davomida talabalarning ijodiy chiqishlari, hamda turkmancha raqs va qo‘shiqlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Mazkur tadbir orqali talabalarda tilga bo‘lgan hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsad qilingan bo‘lib, u samimiy ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
"Ingliz tili" kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati