Hamkorlik sari yangi qadam
01.10.2025
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
Uchrashuvda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.M.Nig‘matov kafedra doktoranti F.A.Yaxyoyev hamda Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i U.E. To‘xtarovlar ishtirok etishdi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar suv xo‘jaligi, energetika tizimlari, nasos stansiyalarining samaradorligini oshirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot, innovatsion ishlanmalar va amaliy loyihalar yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Ushbu memorandum kelgusida suv resurslarini boshqarish, energetika tizimlarini modernizatsiya qilish hamda yosh mutaxassislarni amaliyotga yo‘naltirish jarayonida muhim o‘rin tutishi kutilmoqda.