“Ozodalik va hamjihatlik” mavzusida
01.11.2025
2025 yilning 31 oktyabr kuni Yer resurslari va kadastr fakultetining 1-bosqich xorijiy talaba qizlari istiqomat qilayotgan 8-sonli talabalar turar joyida “Ozodalik va hamjihatlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda TTJ xodimi M.Juraeva va faol talaba qizlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — talaba qizlarni vatanparvarlik, birdamlik va insoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ozodlikning qimmatini anglash hamda jamiyatda hamjihatlik muhitini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
So‘zga chiqqanlar mustaqillik insonning eng ulug‘ ne’matlaridan biri ekanligini ta’kidlab, har bir fuqaro ozod va tinch jamiyatni asrab-avaylashda o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Davra suhbati davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ozod va hamjihat jamiyat qurishda yoshlarning faol ishtiroki muhim ekanligini qayd etdilar.
YRK fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axborati
Universitet matbuot xizmati