Talabalarga tozalik talabi bilan
01.11.2025
Joriy yilning 31-oktyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori X.Saidova tomonidan universitetning 1-sonli va 3-sonli talabalar turar joyida yashovchi "Ekologiya va huquq" fakultet talabalardan xabar olib, ular bilan davra suhbati uyushtirildi.
Talabalarga xonalar va oshxonalarni ozoda tutish, tozalikka rioya qilish, toza yashash avvalo, o‘zimizning sog‘lig‘imiz uchun zarur ekanligi yana bir bor alohida ta’kidlandi. Shundan so‘ng har bitta xonalar issiqligi va tozaligi alohida tekshirilib, tozalik holati yaxshi bo‘lmagan xonalar tozalandi va tegishli tavsiyalar berildi.
"Ekologiya va huquq" fakultet tyutori X.Saidova axboroti
Universitet matbuot xizmati