San’at bobida sharqning ilk qaldirg‘ochi
31.10.2025
Joriy yilning 30-oktyabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori hamda ularga biriktirilgan 1-bosqich Turkmaniston davlatidan o‘qish uchun kelgan talabalar bilan birgalikda O‘zbekistonning taniqli ayollaridan biri – bo‘lgan Tamaraxonim uy muzeyiga tashrif buyurdilar. Talabalar ekskursovod tomonidan muzeyni buyuk qo‘shiqchi va raqqosaning nomi bilan atalganligini u yerda hayotining so‘nggi yillarini yashaganligini Tamara Xonim 1906-yilda Farg‘ona vodiysida tug‘ilganligi uning haqiqiy ismi Petrosyan bo‘lib, millati arman bo‘lganligi, 1925 yilda Moskvadagi teatr texnikumini bitirgan va shu bilan birga keng konsert faoliyatlarini boshlaganligi u Parijda va boshqa Yevropa shaharlarida ijro etib, O‘zbekistonning turli shaharlaridagi musiqa va drama teatrlarining paydo bo‘lishiga yordam berganligi kabi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, Tamara Xonim 1941-1945 yillardagi 1 – jahon urushi jabhalarida harakat qilganligi va harbiy texnika qurish uchun mablag‘ ajratganligini ham bilib olishdi. Tamara Xonim 1991 - yilda Toshkentda vafot etgan. Talabalarning xotirasida ushbu ma’lumotlar bir umrga muhrlandi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X Axmedova axboroti
Universitet matbuot xizmati