“Zakovat” intellektual o‘yini — bilim va tafakkur bellashuvi
31.10.2025
2025-yil 30-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakultetida fakultet rahbariyati va Yoshlar ittifoqi jamoasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Tadbirda fakultetning turli guruhlaridan shakllangan 10 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar fan, texnika, tarix, adabiyot va mantiqiy fikrlashga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘yinda jamoalar o‘zlarining jamoaviy fikrlashi, tezkorligi va zukkoligi bilan ajralib turishdi. Natijada eng ko‘p to‘g‘ri javob to‘plagan “BLIZZARD” jamoasi faxrli I-o‘rinni, “ENERGY” jamoasi II-o‘rinni, “MUHANDIS” jamoasi esa III-o‘rinni egalladi. G‘oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir talabalar o‘rtasida intellektual muhitni rivojlantirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati