Ta’limda korrupsiyaga o‘rin yo‘q
31.10.2025
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, bu jarayonda yosh avlod ongida halollik, adolat va mas’uliyat hissini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universitetining “Gidromelioratsiya” fakulteti 1- bosqich talabalariga joriy yilning 30-oktyabr sohasida ochiq ma’ruza tashkil etildi. Ochiq ma’ruzada Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov qatnashdi. Korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatlari va unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning o‘rni haqida tushunchalar berildi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati