Mnemonik texnikalar asosida ochiq dars
31.10.2025
"Gidromelioratsiya" fakulteti «Professional ta’lim» kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) I.I.Raximova tomonidan Iqtisod XTA-141 guruh talabalari bilan «Umumiy psixologiya» fani doirasida «Xotira» mavzusida ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida turli interfaol usullar — savol-javob, fikr almashish, guruhlarda ishlash va tajriba mashqlaridan foydalanildi.
Seminar davomida talabalar inson xotirasining turlari, uning rivojlanish bosqichlari hamda samarali yodda saqlash usullari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Dars yakunlarida talabalar o‘z fikr va xulosalarini bayon etib, mavzuda faol ishtirok etdilar.
Universitet matbuot xizmati