Ozoda qiz - sarishta qiz!
15.11.2024

Joriy yilning 15-noyabr kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova, fakultet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova va Dilbar Аxrarovalar talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganishdi.
Ozodalik insonning ko‘rki, tozalik bor joyga baraka keladi. Xalqimizda xar tong ko‘chamiz kelinlari-yu, qizlari barvaqt turib supurishni boshlashadi. Ostonamizdan tortib, katta yo‘lga chiqqunga qadar hamma tomon supurib sidirilgan, suv sepilgan. Kattalarning aytishicha, to‘plangan chiqindi bexosiyat bo‘lib, imkon boricha uni inson nazari tushmaydigan joyga, usti yopilgan holda idishlarga tashlash lozim.
Ustozlar tomonidan qizlarning xonalari va oshxona tozaligi nazorat qilinib kerakli ko‘rsatmalar berildi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova va fakultet tyutorlari G. Axmedjanova, D.Аxrarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati





